Mustahab qilish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar izlash xizmatidan mukammal javob ololmadim. Shunga sizlarga murojaat qildim. “Tahorati bor odam 5 yoki 10 daqiqa uxlab qolib, uyg‘onsa, mustahab qilmasdan tahorat qilib namoz o‘qiyveradi” deyishdi bu to‘g‘rimi? Yoki mustahab qilish shartmi? Javoblaringiz uchun tashakkur.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Muhim savol beribsiz. Juda ko‘pchilik tahoratni mustahab qilishdan boshlanadi deb tushunar ekanlar. Va shu tushunchadagi kishilarning ko‘pchiligi prostata bezining shamollash kasaligiga duchor bo‘lishgan. Aslida tahorat qo‘lini yuvib, og‘ziga suv olishdan boshlanadi. Mustahab esa qachon oldi yoki orqadan eldan tashqari biror najosat chiqib, dirham miqdori(har bir kishi o‘zining kaftiga suv olganda unda to‘plangan suv miqdoricha)dan ko‘proq joyiga yoyilsa, mustahab qilish vojib bo‘ladi. Yoyilmasa yuvish vojib emas. Kesak yoki qog‘oz bilan tozalanish kifoya qiladi. Uxlab qolsa, yoki el chiqsa xullas old-orqadan biror najosat chiqmasa mustahab qilinmaydi. Bu xuddi kiyimi yoki badaniga tashqaridan biror najosat tekkanida yuvish kabidir. Vallohu a’lam.

21 Апрел 2022, 06:59 | Савол-жавоблар | 366 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar