Ayol kishini erkak doktorga ko‘rinishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men yaqinda bir domlaning maruzasida vrachlar haqida eshitib qoldim. Ya’ni domlaning aytishicha, erkak vrach nomaxram ayolni qurikdan o‘tkazsa mumkin bo‘ladi deyilgan edi. Iltimos shu masala bo‘yicha aniqlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo ayol shifokorni qidirish, topish kerak. U kasallikka ayol shifokor topilmasa zarurat yuzasidan erkakka murojaat qilish mumkin. Imkon topib mahrami yonida tursin.  Birinchi yoki ikkinchi borgan joyda ayol yo‘q bo‘lsa erkakka uchrayverish ham to‘g‘ri emas.  Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 07:18 | Савол-жавоблар | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar