O‘z-o‘ziga dam solish duolari

Assalomu alaykum! O‘z-o‘ziga dam solish borasida sayt arxividan ushbuni o‘qigandim:
“kishi besabab havfsirasa, yuragi bezovta bo‘lsa, siqilsa, boshi og‘risa, uzrsiz hafalik bo‘lsa…  xolatga. Tariqat mashoyixlari bunday holatga tushgan kishi, ertalab va kech kirganda 11 bor salovat, so‘ng bir marta “Fotiha” surasi, bir bor “Oyatal kursi”, bir martadan to‘rtta “Qul” bilan boshlangan suralar va oxirida yana 11 bor salovat o‘qib o‘ziga dam solishni tavsiya qilganlar. Vallohu a’lam. deya javob berilgan ekan. Bu erdagi «ertalab va kech kirganda» degani «Bomdod va Shom namozidan so‘ng» deganimi? 11 marta salovat namozdagi «Allohumma solli a’la…» bilan boshlanuvchi salovotmi, yoki boshqa maxsus bir salovot aytiladimi? «Qul» bilan boshlanadigan suralar Ixlos, Falaq, An-Nas va Kafirun suralari, shundaymi? Savolim uzun bulgan bulsa oldindan uzr, onamda shunday holat ko‘p bo‘ladi, shunga ularga shuni o‘rgatib qo‘ymoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ma’lumotlarning barchasini to‘g‘ri tushunibsiz. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 821 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar