Mustaxab xakida

Hurmatli Shayx Hazratlari. Bizda tahorat qilishdan oldin mustahab qilish (jinsiy a’zo va orqa chiqish yo‘lini yuvish nazarda tutilmoqda) shunday odatga aylanib kolganki, uni kupchilik farz darajasida tushunadi. Ma’lumki qishloqlarimizda sharoit shahardagidek bo‘lmaganligi sababli, qishning sovuq kunlarida tahorat qilishda biroz noqulayliklar tug‘iladi. Endi namoz o‘qib boshlayotgan yosh yigitlarning tashqarida sovuqda mustahab qilish natijasida jinsiy a’zolarini shamollatib qo‘yish hollari uchramoqda.Ba’zi hollarda bu amalni qilmasa ham bo‘ladi deb eshitgandim. Iltimos shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz, qanday hollarda mustahab qilmay tahorat qilaversa bo‘ladi ?Javobingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildirib qolaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mustahab degani qilgani yaxshi, qilmasa ham bo‘laveradigan narsa degani. Jinsiy a’zolar va ularning atrofidagi najosatni ketkazilsa, bo‘ldi. Albatta, uni suv bilan yuvish shart emas. Bu gapni ko‘p yozganmiz, ushbu saytda ham.

20 Апрел 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 188 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar