Xayvonni tirik xolatida tarozida tortib olish
Assalomu alaykum! Men chorva xayvonlarini boqaman va savdosi bilan xam shug‘ullanaman. Men molning egasi bilan tirik xolatida pulini kelishib taroziga qo‘yib necha kilo kelsa shu kelgan kilosiga pul to‘lab sotib olishim shariatimiz bo‘yicha bunday savdo qilib sotib olish va sotish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tirik jonivorlarni vazn bilan tortish“Hidoya”ning sohibi tovuqlarni tirik holatda vaznlab tortishni joiz emasligini zikr qilganlar. Lekin, keyingi ulamolarimiz tovuqni tirik holida vaznlab tortishda aytarli farq qilmasligini va bu farq tortishuvga olib bormasligini e’tiborga olib, tirik holda kilolab tortib sotishni joiz deganlar(Axsanul fatavo).Tovuq, qo‘y va mollarni tarozuga qo‘yib tortishlik borasida avvalo, shu narsaga e’tibor berish kerakki, jonivorlar adadiymi(ya’ni sanog‘ini e’tiborga olib sotiladigan) yoki vazniy(shakar, bug‘doylar kabi necha kilo hohlasa kilolab sotib olinadigan) narsami. Zamonamizning etuk olimlaridan Muhammad Taqiy Usmoniy hayvonlar adadiy hisoblanadi. Ularni tarozuda tortishligining sababi esa tanlab olishga oson bo‘lsin uchun, tahminan qancha go‘sht qilishi mumkinligini bilib olish uchundir. Chunki, narsalarni vazniy bo‘lishligi kim qancha kilo hohlasa o‘shancha sotib olaveradigan bo‘lishi bilan bilinadi. Jonivorlar esa bunday emas. Jonivorlarni sotib olishda kilolashlik, tahminan ularni qancha go‘sht qilishini bilish uchun xolos. Chunki qancha go‘sht qilishi hech kimga aniq ma’lum emas. Shuning uchun, savdo kilosiga emas balki, uning adadiga bo‘ladi. Bu adadiga qilingan savdo esa joizdir deganlar.Agar sotuvchi bilan oluvchi jonivorni tirik holida vaznlab tortib olishga rozi bo‘lsa, torozuda tortilgandan keyin naqd pul yoki jonivorni jinsidan boshqa narsa evaziga masalan, molni bug‘doy, guruch kabi narsalarga sotish joiz. Molni mol go‘shtiga, qo‘yni esa qo‘y go‘shtiga sotish joiz emas. Bu savdoda ikki narsa shart.1. Mu’ayyan jonivorni har bir kilosi faloncha narxdanligi.2. Jonivorni tortilgandan keyingi umumiy qiymati mu’ayyan bo‘lishligi kerak.Buning misoli : mu’ayyan bir molni tanlab bir kilosi 10.000 so‘m deb torozuda tortilinadi va umumiy bahosi aytiladi. Haridor qabul qildim – deydi. Shu bilan bay’ bog‘lanadi. Shu o‘rinda ikki narsani yaxshi bilish zarur.1-jonivorni kilolab sotish va sotib olish.2-jonivorni kilolab sotiladigan narsalar jumlasidan deb hukm qilish.Birinchi mas’alaga kelsak, kilolab sotish va sotib olish shubhasiz joiz. Chunki joiz emasligiga sabab yo‘q.Ikkinchisi, jonivorlarni kilolab sotiladigan narsalar qatoriga qo‘shish va unga ularni hukmlarini joriy qilish, bu joiz emas.Birinchi sabab. Chunki qaysi narsalar azalda vazniy, litrli yoki adadadiy(donalab sotiladigan) bo‘lsa abadiy shundayligicha qoladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonalarida jonivorlar donalab sotiladigan narsa deb hisoblangan. Endi qaysi narsalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida bo‘lmagan yoki holati ma’lum bo‘lmagan bo‘lsa urfga qaralinadi.Ikkinchi sabab. Jonivorlarni tirik holatida boshqa kiloli narsalar kabi hohlaganicha sotib olish masalan : tirik jonivorni 10kilo 15kilosini sotib olish imkoni yo‘q. Shuning uchun u kiloli narsalar safiga qo‘shilmaydi. Jonivorlarni urfda kilosini tortib sotilsada, haqiqatini olib qaralganda uning kilosiga emas balki, uning umumiy bahosi e’tiborga olingan bo‘ladi. Bu bay’ joizdir. Chunki jonivor ham, qiymati ham tayin, joiz emasligiga sabab yo‘q.Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sotiladigan va evaziga beriladigan narsaning navi turlicha bo‘lsa, hohlagan shaklda sotaveringlar” deganlar. Ba’zi shaharlarda kiyimlarni ham kilolab sotiladi. Bu bilan u narsalar kiloli narsalar safiga qo‘shilib qolmaydi. Joizligiga sabab, u kiyimlar tayin, narxi ham tayinligidir. Jonivorlarni kiloli narsalar safiga qo‘shilmasligiga kelsak, jonivorlarni tirik holatida qarzga olib bo‘lmaydi, ulardan xuddi shakarga o‘xshab hohlaganda hohlagancha kilosini olib bo‘lmaydi. Tirik turgani bilan qancha go‘sht qilishligini noaniqligiga kelsak, sotuvchi va oluvchi ham noaniqlikka rozi bo‘lib turishibdi. Keyinchalik janjalga sabab bo‘lmaydi. Ba’zi bir qisqartirishlar bilan “Fatavoi Usmoniy”dan olindi.Hozirgi kunda, qassoblar orasida keng tarqalgan har bir kilosini faloncha narxdan, kalla poychasi esa chegirma(skidka) shaklida qilinadigan savdolari mutlaqo nojoizdir. Chunki, bu oluvchining foydasiga qilingan shart bilan bo‘lingan savdodir. Shari’atimizda esa sotuvchi yoki oluvchidan birining foydasiga biror narsani shart qilib qilingan savdoni nojoiz deyilgan. Shuningdek, hayvonni tarozuda tortib tahminan 60% go‘sht qiladi, har bir kilosi 20.000 so‘mdan – deb qilingan savdoda ham, agar mu’ayyan hayvonni oxirgi mu’ayyan bir narxga kelishib olsa joizdir. Chunki bu suvratda kilo e’tibor emas balki, hayvonning umumiy narxi e’tibordir. Kilolash esa unga bir mo‘ljal xolos. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 07:28 | Савол-жавоблар | 182 | Moliya va tijorat