Kelin tomonga quda tomonning solig‘i

Assalomu alaykum! Kelin tomon kuyovning uyini xozirda qilinayotgan barcha mebellar, jamiki kuyovning uyidagilarga: ota onasi, aka uka, opa singil, ularning xotin erlariga, nevarayu katta doda buvalariga sarpo qilishga majburmi? Nega ota ona yillab ishlagan pulini qudaning avlodiga ketkazishi kerak? Shu to‘g‘rimi? Kelin salomda xam yana kelin taraf xammaga xar salomida sovg‘a berishi xam odat qilib olishgan. Chilla qilib yana qudanikiga 20-30ta odam bo‘lib borishadi yana sarpo va tog‘ora. Birinchi xayitda yana chiroyli dasturxon qilish uchun yana tog‘ora va xammaga sarpo. Beshik to‘yda nega yana kelin tarafning zimmasida xarajatlar? Axir nevara shu erniki. Otasi olishi kerak emasmi? Bolaning chilla girzonida xam yana tog‘orayu, kelgan xamma 20-30 xotinga sarpo. Sunnat to‘yda xam yana  shu odatlar. Menku bilaman chilla degan narsa yo‘q, lekin shuni barii-bir o‘zbek ayollarimiz to‘xtatishmayabti. Agar sal kam yoki oddiyroq bo‘lib qolsa umr bo‘yi kelinlarning yuziga solishadi. Qiz tuqqanga nega buncha soliq? Iltimos telegramdagi guruxga shu sovolni qo‘yinglar.     Balki javobingizdan so‘ng ayollar o‘zini bosib olar, erkaklar esa ayollarini to‘g‘ri yo‘lga boshlashar. Shuncha narsa qilgandan ko‘ra ichki kuyov olgan yaxshiku?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytibsiz. Bu muammo haqida biz bir necha marotaba javoblarda keng tarzda javob berganmiz, Alloh insof bersin. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 07:28 | Савол-жавоблар | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar