Ish vaqti to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir birodarim davlat idoralaridan birida ishlaydi. Uni xech kim tergamaydi, yani boshliq desa xam bo‘ladi. Ko‘pincha u kishi ish vaqti tugamasdan 3 yoki 4 soat ishlab uyiga zarur bo‘lsa va bo‘lmasa kelib qoladi. Xolbuki ish vaqti 9:00 dan 17:00 gacha. Lekin oyligini to‘liq kamitmay oladi. Biz u kishiga bu ishi yaxshi emasligini aytdik, ammo baribir xech kim bilmaydi deb yuribdi. Savolim shuki, u kishining to‘liq olayotgan oyligi xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Soat 9dan 17gacha ish vaqti deb belgilangan bo‘lsa, ish vaqtida o‘z joyida bo‘lmasligi harom hisoblanadi. Mabodo kimlarnidir ishi unga bog‘liq bo‘lsa kuttirish zulm, har mijoz haqqiga xiyonat va ishlamagan  vaqtiga oladigan maoshi harom bo‘ladi.  HAROM EYISh VA HAROMDAN TOPISh Alloh taolo aytadi: «Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq – harom yo‘llar bilan emangiz!..» (Baqara surasi, 188). Ya’ni, bir-biringizning molingizni – haqqingizni emangiz. Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Ya’ni, nohaq, yolg‘on qasam bilan kishi birodarining molini o‘ziniki qilib olishdan qaytardi». Birovning haqini eyish ikki xil bo‘ladi: zulm orqali – tortib olish, xiyonat, o‘g‘rilik, hazil va o‘yin orqali – qimor va boshqa bekorchi ermaklar kabi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ayrim kishilar Allohning moliga nohaq sho‘ng‘iydilar. Qiyomat kunida ularga do‘zax bo‘lur» (Buxoriy rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana aytganlar: «Bir kishi uzoq safar qiladi, sochi to‘zg‘ib, ust-boshi chang bo‘ladi. Qo‘llarini osmonga cho‘zib: «Ey Rabbim, ey Rabbim», deydi. Holbuki, egani harom, ichgani harom, kiygani harom va haromdan oziqlangan. Bas, uning duosi qanday ijobat bo‘lsin» (Muslim rivoyati). Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, Alloh o‘rtangizda rizqlaringizni taqsimlaganidek, xulqlaringizni ham taqsimlagandir. Albatta, Alloh dunyoni yaxshi ko‘rgan va yaxshi ko‘rmagan bandalariga beraveradi, dinni esa faqat yaxshi ko‘rgan bandasiga beradi. Alloh kimga dinni ato etgan bo‘lsa, haqiqatda uni yaxshi ko‘ribdi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, dili va tili musulmon bo‘lmaguncha hech bir banda musulmon bo‘lmaydi, to qo‘shnisi «bavoiq»idan omonda bo‘lmagunicha iymonli bo‘lmaydi». «Bavoiq» nima?» deya so‘rashgan edi, «Aldov va zulm», dedilar-da, davom etdilar: «Qaysi bir banda haromdan mol topib uni sadaqa qilsa, qabul qilinmaydi, infoq-ehson qilsa, barakasi bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirsa, do‘zax uchun hozirlagan ozuqasi bo‘ladi. Aniqki, Alloh yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, bil’aks, yomonlikni yaxshilik ila o‘chiradi. Shubhasiz, nopok nopokni o‘chirmaydi» (Imom Ahmad va boshqalar rivoyati). Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ey Ka’b ibn Ujra, nohaq – haromdan o‘sgan go‘sht (jasad) jannatga kirmaydi» (Ibn Hibbon rivoyati). Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning xiroj to‘laydigan g‘ulomi – quli bor edi. Abu Bakr uning xirojidan tanovul qilar edilar. Bir kuni u zot quli tomonidan olib kelingan taomni tanovul qila boshladilar. Fulom Abu Bakrdan so‘radi: «Bu nimaligini bilasizmi?» «Yo‘q, u nima?» «Johiliyatda bir kishiga fol ochgan edim. Folbinlik yaxshi bo‘lmagan, men uni aldagan edim. Haligi kishi yo‘liqib, o‘sha ishim Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy vvv.ziyouz.kom kutubxonasi 64 uchun menga mana shu siz egan narsani berdi», degan edi, Abu Bakr qo‘llarini og‘izlariga tiqib, qorinlaridagi bor narsani qayt qilib tashladilar» (Buxoriy rivoyati). Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Haromdan oziqlangan hech bir jasad jannatga kirmaydi» (Abu Ya’lo, Bazzor va boshqalar rivoyati). Rivoyat qilinadiki, dunyo halovatli, yam-yashil maskandir. Kimki unda halol mol topsa va o‘rniga sarflasa, bu ishi uchun Alloh uni mukofotlaydi, jannatiga kiritadi. Kimki dunyoda haromdan mol topsa va noo‘rin joyga sarflasa, Alloh uni do‘zaxga tushiradi. Alloh va Rasulining moliga tajovuz qilganlar qiyomat kunida do‘zaxga mahkum bo‘ladi. Yana bir rivoyatda keladiki: «Kimda-kim qaerdan mol topayotganiga e’tibor bermasa, Alloh ham uni do‘zaxning qaysi eshigidan kirishiga e’tibor bermaydi». Shuningdek, kimki o‘n dirhamga kiyim sotib olsa va pulning bir dirhami haromdan topilgan bo‘lsa, modomiki, o‘sha kiyim egnida ekan, Alloh uning namozini qabul qilmasligi rivoyat qilingan. Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Sizlardan har bir kishi og‘ziga tuproq solishi harom luqma solishidan ko‘ra xayrliroqdir». Yusuf ibn Asbot roziyallohu anhu aytganlar: «Agar bironta yigit ibodatga berilsa, shayton o‘z yordamchilariga: «Qaranglar-chi, taomi qanday ekan?» deydi. Agar taomi yomon (harom) bo‘lsa, shayton: «Uni o‘z holiga qo‘yinglar, qiynalib harakat qilaversin. Sizlarga nafsi kifoya qiladi. Harom eb turib qilayotgan xatti-harakati unga foyda bermaydi», deydi». Rivoyat qilinadiki: «Har kecha-kunduz Baytul Maqdisda bir farishta: «Kim harom narsa esa, Alloh undan nafl ibodatlarni ham, farz ibodatlarni ham qabul qilmaydi», deb nido qiladi». Abdulloh ibn Muborak aytganlar: «Shubhali bir dirhamni tark etishim yuz ming dirham sadaqa qilishimdan ko‘ra afzalroqdir». Vahb ibn Vard aytadilar: «Garchi ustundek qoim bo‘lsang ham, to qorningga halolmi yoki harommi – nima kirayotganiga qaramas ekansan, foydasi yo‘q». Ibn Abbosning bu xususidagi so‘zlariga quloq tuting: «Alloh taologa tavba qilmagunicha, qornida harom luqmasi bo‘lgan kishining namozini Alloh qabul qilmaydi». Sufyoni Savriy roziyallohu anhu aytganlarki: «Kimda-kim toat uchun harom narsani infoq-ehson qilsa, xuddi kiyimni bavl ila yuvgandek bo‘ladi. Kiyimni faqatgina suv poklaydi. Gunoh esa faqatgina sababli halol yuviladi». Umar roziyallohu anhu deydilar: «Biz harom ish qilishdan qo‘rqib, o‘nta haloldan to‘qqiztasini tark qilardik». Rivoyat qilinishicha, kim harom mol-dunyo bilan haj qilsa va «labbayka» desa, bir farishta: «Senga «labbayka» bo‘lmasin, hajing marduddir (ya’ni maqbul emas)», deydi. Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Solihlardan biri vafot etgandan so‘ng, bir kishi uni tushida ko‘rib: «Alloh sizga qanday muomala qildi?» deb so‘ragan ekan, u kishi: «Yaxshi. Biroq, men birovdan qarzga igna olib, qaytarmagan edim. Shu igna tufayli jannatga kirolmay turibman», deb javob beribdi. Ulamolar fatavolarida quyidagi so‘zlar bor: «Xoin, aldoqchi, o‘g‘ri, battol, foiz oluvchi (sudxo‘r) va beruvchi, etim molini eyuvchi, yolg‘on guvohlik beruvchi, qarzga biron narsa olib, undan tonuvchi, poraxo‘r, o‘lchov va tarozidan urib qoluvchi, molining aybini yashirib sotuvchi, qimorboz, sehrgar, munajjim, fohisha, dod solib yig‘lovchi, sotuvchidan so‘ramay haqini olib qoluvchi dallol va hur-ozod odamni sotib pulini eyuvchi kimsalar ham boshqalarning haqini nohaq eyuvchilar sirasiga kiradi». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida ayrim kishilarni olib kelishadi. Ularning Tuhoma tog‘icha keladigan yaxshiliklari bo‘ladi. Ular keltirilgach, Alloh ularning yaxshiliklarini to‘zg‘igan g‘uborga aylantirib qo‘yadi-da, o‘zlari do‘zaxga uloqtiriladi». «Yo Rasululloh, bunday bo‘lishining boisi nedur?» deya so‘rashgan edi: «Ular namoz o‘qir, ro‘za tutar va haj qilar edilar. Biroq, ular biron-bir harom narsaga duch kelsalar, uni olishar edi. Shu bois, Alloh ularning amallarini behuda qiladi», deb javob berdilar» (Tabaroniy rivoyati). Alloh taolodan afv, ofiyat va O‘zi suygan, rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq qilishini tilaymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, mehribon va rahmli zotdir. (Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiyning “Gunohi kabiralar” kitobidan). Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 07:28 | Савол-жавоблар | 184 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar