Oyatul kursi
Assalomu alaykum! 2 ta kitobda oyatul kursi 2 xil yozilgan. Birida LA TAXUZUXU VA MA FIL ARD birida esa LA TAXUZUXU VA MA FIL ARZ deb yozilgan. Qaysi to‘g‘riroq va oyatul kursining Qur’ondagi nomini aytib yuborsangizlar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ulamolarimiz Qur’onni ajamiy til harflarida yozishni Qur’onni tahrif(o‘zgartirish) darajasidadir – deganlar. Chunki ajam tillarida arab tilidagi harflarning hammasi ham topilavermaydi. Bu esa arab tilidagi qaysi bir harf o‘rniga boshqa harfni iste’mol qilishga olib keladi. Mustaqilligimizning avvalgi yillarida ommaning holatini nazarda tutib ba’zi bir ustozlarimiz bunga ruxsat bergandek ham bo‘lishgan edi. Keyinchalik ilm vositalari rivojlanib ketganligi tufayli “joiz emas” degan asl hukmga qaytdi. Arab tilidagi “ض” ni o‘zbek tilida ham, rus tilida ham o‘rnini bosadigan harfning o‘zi yo‘q. Shuning uchun kimdir uning talaffuziga e’tibor qaratgan holda “d”ni kimdir “z”ni, kimdir esa ikkisining aralashmasini yozishga urinadi. Oyatdagi harfni qanday ekanligini Qur’on mutaxassisining og‘zidan eshitish kerak. Vallohu a’lam.https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=25898.0
https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=28733.0
21 Апрел 2022, 07:28 | Савол-жавоблар | 183 | Turli savollar