Hazm qilish dorilari haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlar orqali ko‘p narsalarni bilib ovommiz. Savol: man ovqat xazm qiladigan dori (mezim va kreon) istemol qilaman. Kamdan kam xolatlarda, lekin bugun eshitib qoldimki o‘sha doriga cho‘chqaning oshqozon osti bezi qo‘shilar ekan. O‘sha dori ham harommi? Undayligini bilmasdan ovqat xazm qiladi deb ichar edim, chunki uni instruktsiyasiga o‘zbekchasiga yozilmagan edi. Man xarom narsa istemol qilgan hisoblanamanmi? Nima qilsam bo‘ladi? Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda haromni dori sifatidan iste’mol qilish uchun uni shifo ekanligi tajribadan o‘tgan bo‘lishi hamda uning o‘rnini bosadigan halol dorini topilmasligi shart qilingan. Allohdan qo‘rqadigan vrachlar bilan maslahatlashing, o‘sha dorilarni sintetik yo‘l bilan olinadigani ham bor. O‘shandan istemol qiling. Bilmasdan istemol qilganingizga istg‘for ayting va tavbada bo‘ling. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 07:34 | Савол-жавоблар | 177 | Halol va harom