Jannat darvozasi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ming bor uzr sizlarni qimmatli vaqtingizni olyapman. "Nuzhat ul-majolisda" Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Jannatning bir ulug‘ darvozasi bo‘lib, undan zolimni kechirgan kishigina kiradi" . degan hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن أشعث عن الحسن مرسلا إن لله بابا في الجنة لا يدخله إلا من عفا عن مظلمة ومنها الباب الأيمن وهو باب المتوكلين الذي يدخل منه من لا حساب عليه ولا عذاب Hasan Basriy rahmatullohi alayhdan mursal(Hasan Basriy o‘zi eshitgan sahobani qoldirib, to‘g‘ri Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan) holatda rivoyat qiladilar: “Alloh taoloning jannatda bir eshigi bo‘lib, undan faqatgina ko‘rgan zulmidan afu qilganlargina kiradi. Shuningdek o‘sha darvozalardan biri o‘ng taraf darvozasi bo‘lib, u tavakkul qiluvchilarning darvozasidir. Undan hisob-kitob qilinmaydigan va azob tortmaydiganlar kiradi”. (“Fathul Boriy” kitobidan). Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 07:36 | Савол-жавоблар | 177 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar