Zararli narsalardan saqlanish

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kishi kelib: «Ey Rasululloh, kecha meni chayon chaqib oldi», dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kech kirganida:أَعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّاتِ مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ«A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», desang, senga hech narsa zarar bermaydi», dedilar.(Ma’nosi: Allohning hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman.)Imom Muslim rivoyatlari.Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan

27 Iyul 2022, 07:41 | Duolar | 71
|
Boshqa savol-javoblar