Tong otganida va kech kirganida o‘qiladigan duo

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim tong otganida yoki kech kirganida: اللهُمَّ إِنِّي أَصْبَحْتُ أُشْهِدُكَ وَأُشْهِدُ حَمَلَةَ عَرْشِكَ وَمَلاَئِكَتَكَ وَجَمِيعَ خَلْقِكَ أَنَّكَ أَنْتَ اللهُ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ وَأَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُكَ وَرَسُولُكَ «Allohumma inniy asbahtu ushhiduka va ushhidu hamalata ’arshika va malaikataka va jamiy’a xolqik, annaka antallohullaziy laa ilaha illa anta va anna Muhammadan ’abduka va rosuluk», deb aytsa, Alloh taolo tanasining to‘rtdan birini do‘zaxdan xalos qiladi. Kim shuni ikki marta aytsa, Alloh taolo uning yarmini do‘zaxdan xalos qiladi. Kim uch marta aytsa, Alloh taolo uning to‘rtdan uch qismini do‘zaxdan xalos etadi. Kim to‘rt marta aytsa, Alloh taolo uni butunlay do‘zaxdan xalos qiladi», dedilar.Ma’nosi: Allohim, albatta, men tong ottirdim. Seni va arshingni ko‘taruvchi farishtalaringni va hamma xalq qilgan narsalaringni guvoh qilib aytamanki, Sendan boshqa iloh yo‘q, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Sening bandang va rasulingdir.Abu Dovud rivoyatlari.

27 Iyul 2022, 07:41 | Duolar | 107
|
Boshqa savol-javoblar