Biz ham, mulk ham olamlar parvardigori Allohniki

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Abu Molik Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qachon sizlardan biringiz tong otganida: أَصْبَحْنَا وَأَصْبَحَ الْمُلْكُ للهِ رَبِّ العَالَمِينَ. اللهُمَّ أَسْأَلُكَ خَيْرَ هَذَا اليَوْمِ فَتْحَهُ وَنَصْرَهُ وَنُورَهُ وَبَرَكَتَهُ وَهُدَاهُ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا فِيهِ وَشَرِّ مَا بَعْدَهُ «Asbahna va asbahal mulku lillahi robbil ’alamiyn. Allohumma as`aluka xoyra hazal yavmi fathahu va nasrohu va nurohu va barokatahu va hudahu va a’uzu bika min sharri ma fiyhi va sharri ma ba’dah», deb aytsin. So‘ngra kech kirganida ham xuddi shunday desin», dedilar.
Ma’nosi: Biz ham, mulk ham olamlar parvardigori Allohniki bo‘lgan holda tong ottirdik. Ey Rabbim, bu kunning yaxshisini, fath bo‘lishini, g‘alabasini, nurini, barakasini, hidoyatini so‘rayman. Va Sendan bu kunning va bu kundan keyingisining yomonligidan panoh tilayman.

Abu Dovud rivoyatlari. Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan Anvar Ahmad tarjimasi      

27 Iyul 2022, 07:41 | Duolar | 87
|
Boshqa savol-javoblar