Azon va iqomatni eshitganda o'qiladigan duo

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Azonni eshitganinglarda muazzin nima desa, o'shani aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Azonning hammasini eshitib bo'lganidan keyin Rasulullohga salovot aytib, ortidan mana bu duoni o'qiydi: Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim azonni eshitgan paytida

اللهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ وَالصَّلاَةِ القَائِمَةِ آتِ مُحَمَّدًا الوَسِيلَةَ وَالفَضِيلَةَ وَابْعَثْهُ مَقَامًا مُحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَهُ

 «Allohumma robba hazihid da'vatit tammah vassolatil qoimah, ati Muhammadanil vasiylata val faziylah vab'as'hu maqomam mahmudanillaziy va'adtah», deb aytsa, Qiyomat kuni unga shafoat bo'ladi”, dedilar.

(Ma'nosi: Ey bu komil duoning va qoim bo'lgan namozning egasi - Allohim, Muhammadga vasila va fazilat ber, u zotni va'da qilganing maqtovli maqomda tiriltir), deb so'ngra xohlaganicha dunyoviy va uxroviy duolarni qilaveradi.) Abu Dovud rivoyatlari.



17 Fevral 2023, 01:48 | Duolar | 39
|
Boshqa savol-javoblar