Masjidga kirayotganda va chiqayotganda o'qiladigan duo
Abu Humayd yoki Abu Usaydlardan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar birortangiz masjidga kirsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom aytib, so'ng:
اللهُمَّ افْتَحْ لِي أبْوَابَ رَحْمَتِكَ
«Allohummaftah liy abvaba rohmatik», deb aytsin.
(Ma'nosi: Ey Rabbim, bizga rahmat eshiklarini ochgin)
Chiqqanida esa:
اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ
«Allohumma inniy as`aluka min fazlik», desin».
(Ma'nosi: Ey Rabbim, Sening fazlingni so'rayman.)
Bu hadisni Imom Muslim rivoyat qilganlar. Lekin u zotning rivoyatlarida «Rasulullohga salom aytsin», degan lafz yo'q.
17 Fevral 2023, 01:46 | Duolar | 41