Namoz boshlaganda o'qiladigan duo

Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni boshlasalar:

سُبْحَانَكَ اللهُمَّ وَبِحَمْدِكَ وَتَبَارَكَ اسْمُكَ وَتَعَالى جَدُّكَ وَلاَ إِلَهَ غَيْرُكَ

 «Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta'ala jadduka va la ilaha g'oyruk», der edilar.

(Ma'nosi: Ey Rabbim, Senga hamd aytish bilan Seni aybu nuqsonlardan poklayman. Sening isming muborakdir. Azamating oliydir. Sendan boshqa iloh yo'qdir.)



17 Fevral 2023, 01:49 | Duolar | 30
|
Boshqa savol-javoblar