Xotinimni javobini bermoqchiman
Assalomu alaykum! Onam betoblari tufayli men oldilariga ketdim. Yo‘lda ketayotib men xotinim menga xiyonat qilayotganini ya’ni boshqa erkak bilan telegram orqali gaplashayotganini o‘qib qoldim. Shunda menga xiyonat qilayotganini bildim. Savolim shundaki xotin gunox qilsa eriga uradi deb eshitganman. Xotinimni javobini qanday qilsam gunoxlari menga o‘tmaydi? Telefon orqali taloq berish shartmi yoki boshqa yo‘li bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo isloh qilish rejasini tuzib ko‘ring. Haqiqatan tan olib tavba qilishga o‘tsa oilani saqlab qolish tadbirini qilib ko‘ring. Yo‘q, ish qolipdan ko‘chgan bo‘lsa telefon orqali bir taloq berishingiz ham kifoya qiladi. Uch taloq bermang gunohkor bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush