Hasad

Assalomu alaykum! Hasad nega faqat dunyo ishlarida bo‘ladi? Misol uchun kimdir kechasi tahajjud o‘qisa unga hech kim hasad qilmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Chunki insonning nafsi arzimas, naqd va ko‘zga ko‘rinadigan narsalarga mashg‘ul bo‘ladi. Har bir ne’mat berilgan zotga hasad qilinadi. عن معاذ بن جبل قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم "استعينوا على قضاء حوائجكم بالكتمان فإن كل ذي نعمة محسود" رواه الطبراني Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Maqsadlaringizga etishishda maxfiy tutishdan ko‘mak oling. Chunki har bir ne’mat egasiga hasad qilinadi” deganlar". Tabaroniy rivoyati. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam inson tabiatiga hasad qilish kiritilganini bayon qilib o‘tganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:47 | Savol-javoblar | 136 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar