Ka’badan va bir mo‘minning shon shuhrati

Assalomu alaykum! Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Ka’batullohga qarab “seni azizligingdan bir musulmonning shon-shavkati Alloh huzurida balandroqdur”. Ushbu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! وَنَظَرَ ابْنُ عُمَرَ يَوْمًا إِلَى الْكَعْبَةِ فَقَالَ: مَا أَعْظَمَكِ وَأَعْظَمَ حُرْمَتَكِ، وَالْمُؤْمِنُ أَعْظَمُ حُرْمَةً عِنْدَ اللهِ مِنْكِ. حَسَنٌ أَخْرَجَهُ التَّرْمِذِي وَاِبْنُ حَبَّانِ «Bir kuni Ibn Umar Ka’baga nazar solib turib:
«Qanchalar ham ulug‘san! Sening hurmating qanchalar ham ulug‘! Mo‘’minning hurmati Allohning huzurida sendan ham ulug‘!» dedi».
Sharh: 
Demak, mo‘min kishini behurmat qilish Ka’bai Mu’azzamani behurmat qilishdan ko‘ra yomon ekan. Shuning uchun zinhor va zinhor mo‘min kishini behurmat qilishga oshiqmaslik lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan).  Vallohu a’lam!

3 May 2022, 15:44 | Savol-javoblar | 164 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar