Qurbonlik o‘rniga sadaqa qilish

Assalomu alaykum! Pulim 4000$ bo‘lgan edi, bir tanishim puling nisobga etgan hisoblanadi qo‘y so‘yib qurbonlik qilishing senga vojib deb aytdi. Shu qurbonlik qilinadigon qo‘yning o‘rniga o‘sha pulni nochor 2-3mi odam topib sadaqa qilib bersa bo‘ladimi yoki albatta qo‘y so‘yib qurbonlik qilish kerekmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qurbon hayiti kuni qurbonlik qilish zimmangizga vojib. Pulini sadaqa qilsangiz gunohkor bo‘lasiz. Agar sadaqa qilsangiz yana bitta qo‘yning pulini sadaqa qilish vojib bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 05:58 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar