Go‘rkovlar savobi

Assalomu alaykum! Maxallada janoza bo‘lsa qabristonga chiqamiz, qabr kovlaymiz. Allohga shukur lahadga tushib ichiniyam kovlayapman, bir ikki kundan keyin vafot etgan insonni yaqinlari uyimizga tugun tashlab ketishyapti. Shunda haq evaziga ishlagan bo‘lib qolmaymizmi, savobimiz yuvilib ketmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qabr kavlash uchun haq olish joiz. Ammo mutloq tekinga qilish ulkan savobdir. Chunki bir insonga qiyomatgacha boshpana bergan hisoblanadi. عَنْ أَبِي رَافِعٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ غَسَلَ مَيِّتًا فَكَتَمَ عَلَيْهِ غُفِرَ لَهُ أَرْبَعِينَ مَرَّةً، وَمَنْ كَفَّنَ مَيِّتًا كَسَاهُ اللهُ مِنْ سُنْدُسِ وَإِسْتَبْرَقِ الْجَنَّةِ، وَمَنْ حَفَرَ لِمَيِّتٍ قَبْرًا وَأَجنه فِيهِ أُجْرِيَ لَهُ مِنَ الأَجْرِ كَأَجْرِ مَسْكَنٍ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ الْحَاكِمُ  Abu Rofi’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim mayyitni g‘usl qildirib(undagi ba’zi kamchiliklarni ko‘rib qolsayu), yashirsa, uni qirq bor mag‘firat qilinadi va kim mayyitni kafanlasa, Alloh taolo unga jannatning sundus va istabroq(harir va yupqa ipak)dan kiyim kiydiradi va kim mayytiga qabr kavlasa va uni qabrga qo‘ysa, qiyomatgacha bir maskanni ijaraga berganning ajri unga yozilib turadi”, dedilar".
Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 16:01 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar