Katta farishtalar
Assalomu alaykum! Elkasi bilan qulog‘ining yumshog‘i oralig‘i 500 yil bo‘lgan farishtalar kimlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أُذِنَ لِي أَنْ أُحَدِّثَ عَنْ مَلَكٍ مِنْ مَلَائِكَةِ اللهِ تَعَالَى مِنْ حَمَلَةِ الْعَرْشِ، إِنَّ مَا بَيْنَ شَحْمَةِ أُذُنِهِ إِلَى عَاتِقِهِ مَسِيرَةُ سَبْعِ مِائَةِ عَامٍ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالضِّيَاءُ وَالْبَيْهَقِيُّ.Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Menga Alloh taoloning Arshni ko‘tarib turuvchi farishtalaridan biri haqida gapirishimga izn berildi. Uning qulog‘ining yumshoq joyidan elkasigacha bo‘lgan masofa etti yuz yillik masofadir», dedilar».
Abu Dovud, Ziyo va Bayhaqiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farishtalar haqidagi tafsilotlarni odamlarga so‘zlashlari uchun ularga Alloh taolo izn berishi kerak ekan. Arshni ko‘tarib turuvchi farishtalar shu qadar katta bo‘lsa, Arshning o‘zi qanchalik ulkan ekanini tasavvur qilish nihoyatda qiyin bo‘lsa kerak. Endi ana shu Arshning yaratuvchisi – Alloh taoloning sifatini har kim o‘zi bilib olgani ma’qul. Ana shunday farishtalar xizmatida bo‘lib turgan Alloh taolodek Zotning iqobidan qochib, qutulib bo‘ladimi?! Shuning uchun o‘sha farishtalarga iymon keltirib, Alloh taoloning aytganlaridan chetga chiqmay, bandalikni ado etib yurish lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 182 | Turli savollar