Qazo va kafforat ro‘zalarni ortga surish va ularning tutilish tartibi
Assalomu alaykum! 1. Men ayni damda kazo va kafforat ruzalarini tutmokchi edim, xozir yoz oylari bulgani sabab tunlar kiskargan va kunlar uzaygan payt, tabiiyki ruza tutish uchun turgan odam xuftonni ukib vaktli uxlaganda turt soat uxlashi mumkin, uygonib ogiz yopgandan sung kaylula vaktigacha uxlash to‘g‘ri emas, kaylulada bir soat uxlaganda bir kunlik urtacha uxlash vaktidan 2-3 soat kam bulib koladi. Bilamizki, uyku vaktida tana uzini tiklash, tozalash uchun zarur bulgan barcha ishlarni bajaradi, uz barobarida, bir necha soatga birdan uykuni kiskartirish tana uchun katta bosim buladi. Men bir oylardan keyingi namoz vaktlarini kurganimda xufton va bomdod orasida besh soatcha vakt bulishini kurdim. Bu men uchun kulay vakt. Inson karz ruzalarini imkoni bulishi bilan tutib berishi shart bulgani xolda men zimmamdagi ruzalarni bir oydan sung tutishni boshlasam buladimi? 2. Bir joydagi savol-javobda avval kafforat, sung esa kazolarni tutish kerakligini ukiganimni eslagandek bulaman ammo keyin kup kidirib bu xakda anik gap topolmadim. Shunga aniklik kiritib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qodir bo‘lsangiz imkon boricha tezroq tutasiz, agar qiynalsangiz qishning qisqa kunlarida tutib berishga ham shariat ruxsat beradi.2). Avval qazo so‘ng kafforot ro‘zasi tutiladi. Vallohu a’lam!
16 Oktabr 2023, 09:18 | Savol-javoblar | 0 | Ro‘za