musofir haqida qayta savol
hurmarli shayh hazrat beodoblik uchun avvaldan uzr so‘rayman. o‘qishni qasd qilgan inson,musofirlik masofasi bo‘lib har haftada shanba yakshanba kunlarida uyiga borib keladi. bunday talaba namozini toliq o‘qiydi dedingiz, shuningdek ish honasining uzoqligi musofirlik masofasini tashkil etsa va har kuni uyga ishga qatnaydi,ammo odatiy ish joyi. u inson ham muqim bolishligini o‘qidik. shubhamiz yo‘q lekin fiqh ustozimiz " fiqhul islam va adillatuha " vahba azzuhaylining 6 tom 342 343 betlarini o‘qib tushuntirib berdi va bunday holatlarda musofir bo‘ladi deyapti. biz yoq bu muqim kabi o‘qiydi desak menga ummahatul kutub lardan nass keltir deyapti. tushuntirib bersangiz iltimos hazrat. biror kitobda bormi bu haqda?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ustoz Vahba Zuhayliy aytgan gap siz aytgan vaziyatda bo‘lmasa kerak. Ustozingiz hanafiy mazhabining eng katta kitoblaridan biri “Fatavoyi olamgiriya”ni o‘qisin. Namozni qasr qilib o‘qish uchun shar’iy safar bo‘lishi kerak. ishga boradigan odam safarga boraman deb niyat qilmaydi. Safar niyati bo‘lmasa, yil bo‘yi yursa ham namozni to‘liq o‘qiydi. Ustozingiz, kitobingiz bilan oldimga kelsangiz, tushuntirb beraman.
3 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 150 | Namoz