Namozda avvalgi safda turish

Assalomu alaykum! Namozda birinchi safda turishga iloji boricha ko‘proq intilaman. Chunki hadisda avvalgi safda namoz o‘qish yahshiligini o‘qigandim. O‘zi 18 yoshdaman. Bir kuni masjidga kelsam birinchi qatorda ohirgiroqda joy bor ekanu u joyni atrofdagilari u erga o‘tirmabdi 2-3 va hokazo qatorlarda o‘tirishgan ekan. Man o‘sha birinchi qatorga borib o‘tirdim. Namozdan keyin bir kishi faqat bizni masjidda yoshlar birinchi qatorda kottalar orqada deb biroz bizdan jahli chiqdi. Oldimda mandan kottaroq bo‘lsa kerak ammo yoshlar bor edi 2ta. Bizdan keyin kelgan bo‘lishsa ham joy berishimiz kerakmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oldingi safga birinchi kelgan haqdor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 181 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar