Foyda halolmikin?

Assalomu alaykum! Men yaqinda bir savdoda dalollik qilib foyda ko‘rdim. Ikkala tomon ham roziligi bilan savdo amalga oshdi. Lekin yaqinda sotib olingan narsa o‘g‘irlangan pul evaziga olinganligidan xabar topdim. Ko‘nglimda men ko‘rgan foyda halol yoki halol emasligi to‘g‘risida savol tug‘ildi. Nima qilishni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘g‘irlangan puldan olgan foydangizni kimdan o‘g‘irlanganini bilsangiz egasiga qaytarib bering. Bilmasangiz sadaqa qilib yuboring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:36 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar