Yolg‘on gapirish bilan ehson qabul bo‘ladimi?

Assalomu alaykum Shayx xazratlari. Boy xonadonlarning birida yashaetgan kelinning kuyidagi savoliga oydinlik kiritib berishingizni iltimos kilaman. Kelinning bir sifatli, kimmatbaxo jemperi bor. Bu jemperni kaynonasi shu xonadonga xizmat kiladigan xizmatkor aelga sotib olasan deb majbur kilmokda ekan. Lekin kelin shuni biladiki, xizmatkor ael bu jemperni sotib ololmaydi. Shuning uchun kelin jemperni xizmatkor aelga sovga sifatida berib, kaynonasiga sotdim mana puli deb, uz enidan pul berishi mumkinmi? Ya’ni, exson kilaetganda xam elgon ishlatsa bulaveradimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu qaynonaning nodonligi, insofsizligi. Kelin pulni xizmatchiga bersin. Xizmatchi sotib olgan bo‘lib, pulni kelinga bersin.

3 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar