Yuzdagi bo‘yoqlar bilan taxorat o‘tadimi

Assalomu alaykum! Darsga yoki ko‘chaga yoki mehmondorchilikka chiqanda ayol kishi makyaj qilib chiqadi agar o‘sha vaqtda namoz vaqti bo‘lib qolsa yoki taxorati buzilmagan bo‘lib lekin makyaj qilingan bo‘lsa taxorat o‘rnida o‘tadimi, namoz o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratdan oldin yuziga chaplagan narsasini tarkibida shar’an harom narsalar bo‘lsa namozi durust bo‘lmaydi. Agar tarkibi halol bo‘lsaku suvni teriga borishini man qilsa unda tozalab keyin tahorat olishi farz bo‘ladi. Aslida ayol kishi ko‘chaga yoki dars yoki mehmondorchilikka yuziga narsa chaplab chiqishi joiz emas. Begona erkaklarni o‘ziga jalb qiladigan har bir ishi va harakati shariatimizda harom hisoblanadi. Jamoat joylarida ayollarning xushbo‘yligi hidsiz bo‘lishi kerak. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا اسْتَعْطَرَتِ الْمَرْأَةُ فَمَرَّتْ عَلَى الْقَوْمِ لِيَجِدُوا رِيحَهَا فَهِيَ كَذَا وَكَذَا، قَالَ قَوْلًا شَدِيدًا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ  Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon ayol kishi atir sepib, uning hidini bildirish uchun bir qavmning oldidan o‘tsa, u bundoq-bundoqdir», deb qattiq gap aytdilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilgan.
Sharh: Boshqa bir rivoyatda «o‘sha ayol zoniyadir», deyilgan. Chunki xushbo‘y narsa ila begona erkaklarning e’tiborini qasddan jalb qiladigan, ko‘ngillarining sust ketishiga sabab bo‘ladigan ayol yaxshi ayol bo‘lmaydi. Bu narsaga ayol-qizlarimiz alohida e’tibor bermoqlari lozim.
Islomda ayol kishining o‘tkir hidli xushbo‘y narsalarni o‘ziga surtib olib, begona erkaklarning shahvatini qo‘zitishlari o‘ta madaniyatsizlik hisoblanadi. Madaniyatli muslima bunday vaziyatda hidi kuchsiz xushbo‘ylarini ishlatadi. Bu haqda ham yuqorida bahs yuritganmiz. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

11 May 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 167 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar