Iltimos Hazrat

Assalomu alaykum xurmatli Shayx xazratlari. Juma ayyom muborak bo‘lsin.Xazrat sizga iltimosim bor edi:Shu kunlarda nomozlarimda, ilm o‘rganishimda, dinu dunyo ishlarimda Xuzu hushu yo‘q hisobda. Astag‘firullox!Alxamdulillax Qur‘oni Karimni o‘qishni bilamanu ammo yodlash uyoqda tursin, kattaroq suralarni o‘qib tugata ololmayman,Nomozlarimga ham bee‘tibor bo‘lib qolgandayman, har xil hoyollar bilan band bo‘p qolamanmie, hullas o‘zimni nomozlarimdan ko‘nglim to‘lmaydi. Astag‘firullox.Onam bilan ham ko‘p tortishib qolamiz, bir birimizni tushunmay qolamiz. Xudo o‘zi kechirsin ba‘zan oshirvoramiz.Xazrat iltimos duo qilib qo‘ysangiz. Allox taoloning farzlarini o‘z o‘rnida chiroyli qilib bajarishimizga siz Xazrat sabab bo‘lib Alloxning roziligiga erishsak....Xazrat duolaringizda eslab qo‘ysangiz Inshaollox shuni o‘zi kifoya... (javob tariqasida qoldirmasangiz ham).Vaqtingizni olganim uchun uzr.Sizu bizdan Alloxning o‘zi rozi (omiyn)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taoloning farzlarini xushu’ va xuzu’ bilan, ixlos bilan ado etib, ikki dunyo saodatiga erishishni nasib qilsin!

6 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 161 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar