Qimor bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz do‘stlarimiz bilan koka kola ichimligini shisha idishdagisini olib ochamiz va qopqog‘i ostida chiqadigan sonning eng kichigi kimga tushsa o‘sha haqqini to‘lashga o‘ynaymiz. Bir kishi buni qimor deb aytdi. Bu o‘yinimiz qimorga kiradimi? Oldindan rahmat. Ishlaringizga Alloh madad bersin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri, bu qimor. قول الشيخ يوسف القرضاوي هو كل ما لا يخلوا اللاعب فيه من ربح أو خسارة Yusuf Qorzoviy “Moliyaviy foyda va zarardan holi bo‘lmagan har bir o‘yin qimordir” deganlar. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar