Badiiy kitoblarni olib ketgandik

Assalomu alaykum! Adashmasam bu voqea ikki yil oldin bo‘lgan. Maktabimizni ta’mirlashga tayyorlayotgan edilar. Bir sinfxonaga kirdik, o‘qituvchimizni kutib turish uchun. Sinfxonada parta va stullar chiqarib tashlangan, g‘ishtlar yo‘q xolda edi. Lekin kitob javoni bor edi, unda esa nechtadir kitoblar bor edi. Men ikkitasini, sinfdoshim ikkitasini oldik va uyga olib ketdik. U paytda bu umuman xayolimga kelmagan edi, chunki dinimiz xaqida tushunchaga ega emas edim. Endi o‘ylayabman, biz o‘g‘irlik qilmadikmikan deb. Chunki u kitoblarni shu sinfxonada o‘qigan o‘quvchilar olib kelishgan va olib ketishmagan. Iltimos menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar. Men u kitobni egasini va qaysi sinfda o‘qigan ekanligini ham bilmayman. Balki u kitobni maktab kutubxonasiga topshirarmiz? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘irlik qilibsizlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 178 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar