Qari ayol bilan yolgiz qolishlik

Assalomu alaykum! Erkak kishi bilan nomaxram ayol kishi yolgiz mashinada taksida bo‘lishi mumkinmi? Xozirgi kunda tonirofkaga ruxsat berilgan va oyna yopiq xolatda gapirilgan gaplar tashqariga eshitilmaydi, bu juda yomon ishlarga olib kelishi yoki shu ishlarga kelishishlik imkoniyatini beradi. Ikkinchi savol: Nomaxram tugmaydigan qari (50+ yosh) ayol bilan yosh baquvvat erkak bir xonada yolgiz qolishi mumkinmi. Mashinadachi? Uchinchi savol: Erkak kishi buvisining jiyani (otasining xolavachchasi) bilan bir xonada yolgiz qolishi mumkinmi, mashinadachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!1). Ulamolar kunduzida shahar ichida gavjum holatda ayol kishi yolg‘iz taksiga chiqsa xilvatda qolish hisoblanmaydi – deganlar.2). Mumkin emas.3). Buvisining jiyani nomahramdir. Unga nomahramdek munosabatda bo‘ladi. Bir xonada yolg‘iz qolishlari mumkin emas. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2023, 11:12 | Savol-javoblar | 0 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar