Xabata bo‘lib qolmadimi?

Assalomu alaykum! Hovuzimizda iflos suv to‘planib qolgan. Bo‘shatsa ham foydasiz: yana to‘lib qolaverganidan rezina shlank orqali suv olib ishlatamiz. Bir kuni shu rezina shlankdan suv olingan politelin idish tagidan kichik teshilganligi ayon bo‘ldi va men endi bu idishdagi suv (hovuz suvi aralashib ketganligi bois) harom bo‘ldi dedim. Onam esa "hech narsa qilmaydi" deb meni urishib berdilar. Men ularning gaplariga achchig‘im kelib jahl bilan "to‘g‘ri, hech narsa qilmaydi" deb kesatib yubordim. Bu gaplarni aytayotganimda esim o‘zimda emas edi, astag‘firulloh, jahlim chiqib turgandi. Aytgan gapim kufr so‘z bo‘lib qolmasin deb (nauzubillah) tezda tavba qilib, Kalimai imon, Kalimai raddi kufr keltirdim va Allohdan mag‘firat tiladim. Baribir ko‘nglim yana ham tinch bo‘lishi uchun va ilmsizligim tufayli savolimga javob bersangizlar. Yuqoridagi savol-javoblardan birida o‘qidimki, inson o‘zini nojoiz amali orqali "savoblarim habata bo‘ldi" deb o‘ylamasligi kerak, bu o‘ziga o‘zi kufrni lozim topishi bo‘lib qolishi mumkin, qabilidagi javobni o‘qidim. Shundan kelib chiqib, agar inson og‘zidan bilmasdan yoki jahl ichida kufr so‘zni aytib yuborsa va tezda tavba qilsa va kalima keltirsa solih amallari habata qilinmaydimi, ya’ni inson savobli amallaridan judo bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Suv va hovuz haqidagi masalangizni tushunmadik. Sizni "hech narsa qilmaydi" degan gapingiz kufr emas. Ota-onaga zajr qilish bo‘ladi. Bu bilan amallar habata bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar