Shaytonning menga qilayotgan hiylasi

Assalomu alaykum! Menga shayton har doim sen musulmonsan sen jannatga kirasan boshqa dindagilar do‘zahga tushadi deb to‘g‘ri gapni aytadi, lekin orqasidan shu sovolni beradi ularni boshqa din oylasida tug‘ulgani aybimi yoki sen musulmon oylasida tug‘ulish uchun oldin biror amal qilganmisan sen ham u ham Allohni bandasi deydi. Men ilmim ozligi uchun johilligim uchun har hil gumonda qolaman. Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu Allohning fazli deb boshqa savollariga aslo javob bermay A’uuzu billahi minashshaytonirrojiim ni o‘qib yuring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:00 | Savol-javoblar | 167 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar