Bozordagi sherikchilik
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bizlarga berayotgan javoblaringiz va aqliy yordamlaringiz uchun rahmat Alloh rozi bo‘lsin. Men bozorda ishlayman, bir do‘stim meni ishga olgan vaqtida 1 kunga ma’lum miqdordagi pul evaziga ishga oldi. Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin menga topshiriladigan ish ko‘payishi munosabati bilan menga topilgan foydadan 25%ni berishini aytib va’da berdi va biz kelishdik. Lekin oradan ancha vaqt o‘tdi u menga ancha kam pul berib kelmoqda. Sog‘lig‘im og‘ir, ishga to‘g‘ri kelmasligi sabab boshqa ishga o‘tib ketolmay chidab qanoat qilib kelmoqdaman. Menga maslaxat beringlar iltimos, o‘z xaqqimni talab qilaymi yoki tavakkal qilib ishdan ketaymi yoki xisob-kitobni qiyomatga qoldirib chidab yurganim afzalmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiyomatga qoldirmasdan hisob-kitobni shu dunyoda hal qilib olinglar. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiyomatga qoldirmasdan hisob-kitobni shu dunyoda hal qilib olinglar. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat