birovni qarzini yashirincha tulash

BISMILLAXIR ROHMANIR ROHIYM.Assalomu alaykum SHayx hazratlari! Sizga bir masala buyicha murojat qilishga ruxsat eting. Akam ikkalamiz bir joyda savdo qilamiz. Pulimizam, sotadigan molimizam boshqa boshqa yani alohida. Akam qarzga mol olib kelib sotar edi. Bora bora qarzlari kupayib tulay olmay qoldi va savdosidan baraka uchdi. Bir kuni menga endi men boshqa ish ham qilmasab bulmaydi savdo ham orqasiga ketyapti sen meniyam savdomni yurutib turasan dedi. Men rozi buldimva va qarzizni asta sekin uzsam maylimi desam ruxsat bermadi.Qarzlari bor bulib, birovdi haqqini bermay yurgani uchun ishlari shunaqa yurushmayapti deb uylayman. Bu haqda uziga bir necha marotaba aytganman qulogiga olmaydi. Hozir savdosi yurishib qoldi. Men usha qarzini yashirincha uzib yuborsam ham bilinmaydi. Uzi ruxsat bermagan bulsa ham shu ishni qilsam buladimi? Chunki qachongacha haqdorlarni qiynab uziniyam topishidagi barakani uchirib yuradi. Qarzidan qutulsa ishidayam rivoj bulib hadeb uzini utdan chuqqa uravermas edimi deyman. Odobsizlik qilgan bulsam uzr. Diyn yulida qilayotgan ishlaringizni Alloh bardavom qilsin. Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘ziga aytib, yo‘q, desa ham, qilaverishingiz mumkin. Berganingizni ham aytib qo‘ying. Yana u ham bermasligi uchun.

3 May 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar