Asalga sichqon tushib qolsa

Assalomu alaykum! Bir litrlik bankadagi asalga sichqon tushib o‘lib qolgan. Sichqon o‘ligi asalni eng ustida turibdi, ya’ni ichiga singib ketmagan. Shu asalni iste’mol qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asal suyuq bo‘lsa butunlay tashlab yuborish kerak bo‘ladi. Quyuq bo‘lsa sichqon tegib turgan joyni o‘zini va atrofidan olib tashlanadi. YoG‘ VA SUVGA TUShGAN NAJOSATLAR HAQIDA وَقَالَ الزُّهْرِيُّ: لَا بَأْسَ بِالْمَاءِ مَا لَمْ يُغَيِّرْهُ طَعْمٌ أَوْ رِيحٌ أَوْ لَوْنٌ. وَقَالَ حَمَّادٌ: لَا بَأْسَ بِرِيشِ الْمَيْتَةِ. وَقَالَ الزُّهْرِيُّ فِي عِظَامِ الْمَوْتَى نَحْوَ الْفِيلِ وَغَيْرِهِ: أَدْرَكْتُ نَاسًا مِنْ سَلَفِ الْعُلَمَاءِ يَمْتَشِطُونَ بِهَا، وَيَدَّهِنُونَ فِيهَا، لَا يَرَوْنَ بِهِ بَأْسًا. وَقَالَ ابْنُ سِيرِينَ وَإِبْرَاهِيمُ: وَلَا بَأْسَ بِتِجَارَةِ الْعَاجِ Zuhriy aytadi: «Biror ta’m, hid yoki rang o‘zgarmagan bo‘lsa, suvga hech narsa bo‘lmaydi».
Hammod aytadi: «O‘limtik patining zarari yo‘q».
Zuhriy fil va shu kabi o‘lgan hayvonlarning suyagi haqida: «Salaf ulamolari ichida o‘sha narsalardan taroq tutgan, yog‘idish qilib olgan va buning zarari yo‘q deb bilgan odamlarni ko‘rganman», degan.
Ibn Sirin va Ibrohim: «Fil suyagini oldi-sotdi qilishning zarari yo‘q», deyishgan.حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ قَالَ: حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللهِ بْنِ عَبْدِ اللهِ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، عَنْ مَيْمُونَةَ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سُئِلَ عَنْ فَأْرَةٍ سَقَطَتْ فِي سَمْنٍ، فَقَالَ: «أَلْقُوهَا وَمَا حَوْلَهَا فَاطْرَحُوهُ. وَكُلُوا سَمْنَكُمْ  Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yoqqa tushgan sichqon haqida so‘rashdi. U zot: «Uni va atrofini olib, tashlab yuboringlar va yog‘ingizni eyaveringlar», dedilar».
Izoh: Bu qoida yog‘ning qotgan holatlari uchundir. Ammo yog‘ suyuq bo‘lsa, uning hukmi boshqacha bo‘ladi. حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللهِ قَالَ: حَدَّثَنَا مَعْنٌ قَالَ: حَدَّثَنَا مَالِكٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللهِ بْنِ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُتْبَةَ بْنِ مَسْعُودٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، عَنْ مَيْمُونَةَ: أَنَّ النَّبِيَّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سُئِلَ عَنْ فَأْرَةٍ سَقَطَتْ فِي سَمْنٍ، فَقَالَ: «خُذُوهَا وَمَا حَوْلَهَا فَاطْرَحُوهُ». قَالَ مَعْنٌ: حَدَّثَنَا مَالِكٌ مَا لَا أُحْصِيهِ يَقُولُ: عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، عَنْ مَيْمُونَةَ  Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan yoqqa tushgan sichqon haqida so‘raldi. Shunda u zot: «Uni va atrofini olib, tashlab yuboringlar», dedilar». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

3 May 2022, 18:44 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar