Biz munofiq bo‘lib qolmaydimi?

Assalomu alaykum! Bir odam yolg‘on gapirish og‘ir gunohliini bilib ba’zida bilib yoki bilmasdan yolg‘on gapirib qo‘ysa, va’da berib bajarmasa, so‘z omonatiga boshqa omonatlarga xilof qilsa, albatta bular munofiqlik alomati. Lekin bu ishlar hammasi doimiy emas ba’zan shunday bo‘lsa, bunday hol ko‘pchilikda uchrab turadi. Orada kun farq qilsada bu uchta holat jamlanadi. Shunda toza munofiq bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Munofiq bo‘ladi. Eng yomoni bu sifatlar insonning maqomiga aylanib qoladi. Falonchi falon maqomda ekan deb ibodatli insonlar haqida gap bo‘ladi. Bu degani, o‘sha ibodat bo‘lgan amallar ular uchun sifatga aylanib, ulardan beixtiyor sodir bo‘ladi. Sodir bo‘lishida lazzatlanadi, hech qanday qiyinchilik sezmaydi. Munofiqlik sifatlari ham xuddi shunday. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 156 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar