Shubxali oziq ovqat

Assalomu alaykum! Men ota onam bilan oziq ovqat do‘konida turaman. Ota onam menga shubxali narsalarni savdosiga xam aralashishimni buyuradi. Misol uchun kolbasa yoki tarkibida emulgator moddasi bor narsalar. Qanday yo‘l tutishim kerak? Ochiq oydin harom narsada itoat qilmayman. Shubhalidachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha molni olib keluvchilardan tarkibini yaxshilab surishtirib olsangiz harom yoki halolligi aniq bo‘ladi. Halol bo‘lsa sotaverasiz, ochiq-oydin harom bo‘lsa o‘zingiz aytganingizdek itoat qilmaysiz. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 07:29 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar