Zinokor erning bolaga ta’siri

Assalomu alaykum! Erkak kishi zino qilsa, bolasiga qanaqa ta’siri bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otasi zinokor bo‘lsa uni tarbiyasini olgan bolasi kim bo‘ladi? Xulosa qilib olavering. Arablarda “Alvaladu sirru abiihi” ya’ni “farzand otaning ichidagi siri bo‘ladi, bolasiga qarab otasini kimligini bilib olaverasin” deyilgan. Shuning uchun ota ichiga yaxshi sirni joylasin. To‘g‘ri gohida Nuh alayhissalomdek payg‘ambarning farzandi kofir o‘tgani kabi, buttaroshning o‘g‘li Ibrohim alayhissalom payg‘ambardek holat ham bo‘ladi. Siz farzandlaringiz haqqida duoda bo‘ling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar