Sovuq erlardagi namoz

Assalomu alaykum! Men xozir musofir yurtaman. Kasbim nef-gaz konlarini burgulash. Bu erdagi xavo xarorat xozirgi kunda - 40 undan xam baland. Bunday sovuq sharoitda, oëq kiymingizni echishga imkon yo‘q bo‘lsa (yani qalin sapog) namozni qor ustida oëq kiyim bilan o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Tahorat bilan oyoq kiyimini kiygan bo‘lsangiz ustidan mash tortsa ham bo‘ladi. To‘piqdan baland oyoq kiyim bo‘lsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 19:31 | Savol-javoblar | 145 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar