Ayollar iqtido qilsa imom qanday niyat qiladi
Assalomu alaykum! "Mo‘minning me’roji" kitobida quyidagi jumlalarni o‘qib qoldim: "Ayollar imomga iqtido qilganda imom ularga imom ekanligini iqtido qilmasa, ayollarning namozi durust bo‘lmaydi" va "Agar imom o‘sha ayolga imomlikni niyat qilmagan bo‘lsa, unda ayolning namozi buziladi." Shunda menda bir savol paydo bo‘ldi. Biz oilada ko‘pincha bir jamoat bo‘lib namoz o‘qiymiz. Bunda dadam imom bo‘lib, men va ukam(balog‘atga etmagan) dadamning orqasida, onam, singlim va ba’zida amakimning qizi(singlim) esa men va ukamning ortimizda turgan holida namoz o‘qiymiz. Bu holatda dadam yuqorida aytilganidek ayollarga imom ekanligiga niyat qilishi kerakmi, oldin niyat qilmagan bo‘lsa ayollar namozlarining qazolarini o‘qib berishadimi? Bir savol-javobda imom niyatni oddiy qiladi "ya’ni imom bo‘lib o‘qishga niyat qilaman" deb qilmaydi degan ma’nodagi gapni o‘qigan edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayollar iqtido qilganlarini bilishining o‘zi kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 08:58 | Savol-javoblar | 218 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayollar iqtido qilganlarini bilishining o‘zi kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 08:58 | Savol-javoblar | 218 | Ibodatlar