O‘tganlar haqqiga qilinadigan duo haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh qilyotgan din yo‘lidagi xizmatlarizdan rozi bo‘lsin. Iftorlikdan so‘ng bazi joylarda vafot etgan xar bir kishisi uchun aloxida-aloxida o‘qitishadi. Shuni bir marta o‘qitilib, o‘tganlarning xammasiga bir marta duo kifoya qilmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ba’zi bir kishilar savob bag‘ishlashdan duoning asl mohiyatidan bexabar bo‘lganlari uchun taom edirib so‘ng domlani qorni ochgunicha duo qildiradi. Bunday bo‘lmaslik kerak. قيل لأنس : ادع الله لنا ، فقال : اللهم آتنا في الدنيا حسنة وفي الآخرة حسنة وقنا عذاب النار . قالوا : زدنا . قال : ما تريدون قد سألت الدنيا والآخرة ! وفي الصحيحين عن أنس قال : كان أكثر دعوة يدعو بها النبي صلى الله عليه وسلم يقول : اللهم آتنا في الدنيا حسنة وفي الآخرة حسنة وقنا عذاب النار . قال : فكان أنس إذا أراد أن يدعو بدعوة دعا بها ، فإذا أراد أن يدعو بدعاء دعا بها فيه   . وقال ابن عباس : إن عند الركن ملكا قائما منذ خلق الله السماوات والأرض يقول آمين ، فقولوا : ربنا آتنا في الدنيا حسنة وفي الآخرة حسنة وقنا عذاب النار وسئل عطاء بن أبي رباح عن الركن اليماني وهو يطوف بالبيت ، فقال عطاء : حدثني أبو هريرة أن النبي صلى الله عليه وسلم قال : وكل به سبعون ملكا فمن قال اللهم إني أسألك العفو والعافية في الدنيا والآخرة ربنا آتنا في الدنيا حسنة وفي الآخرة حسنة وقنا عذاب النار قالوا آمين . . . الحديث . خرجه ابن ماجه في السنن Anas roziyallohu anhuga “Biz uchun Allohga duo qiling” deyildi. U kishi : “رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ” «Robbimiz, bizga dunyoda ham yaxshilik, oxiratda ham yaxshilik bergin va bizni olov azobidan saqlagin» duosini qildilar. Shunda “yana duo qiling” deb aytishdi. U zot : “Sizlar nimani xohlayapsizlar? Men dunyo va oxiratda bo‘ladigan barcha yaxshiliklarni so‘radimku” dedilar. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng ko‘p qiladigan duolari «Robbimiz, bizga dunyoda ham yaxshilik, oxiratda ham yaxshilik bergin va bizni olov azobidan saqlagin» edi. Qachon Anas roziyallohu anhu duo qilmoqchi bo‘lsalar shu duoni qilar edilar. Mabodo boshqa narsani so‘rashsa ham ichida shu duoni qo‘shib qilardilar. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Alloh taolo eru osmonni yaratganidan buyon Hajarul asvadning yonida bir farishta “Amiyn” deb qoim turadi. Shuning uchun (o‘sha erda) «Robbimiz, bizga dunyoda ham yaxshilik, oxiratda ham yaxshilik bergin va bizni olov azobidan saqlagin»ni aytinglar. Ato ibn Abi Raboh rahmatullohi alayh : Abu Hurayra menga hadis so‘zlab : “Nabiy sollallohu alayhi vasallam : Hajarul asvadga etmish ming farishtani vakil qilingan. Kim Allohi sendan dunyo va oxiratda afu qilishingni va ofiyat so‘raymiz va «Robbimiz, bizga dunyoda ham yaxshilik, oxiratda ham yaxshilik bergin va bizni olov azobidan saqlagin»ni o‘qisa, ular “Amiyn” deyishadi”. Ibn Moja rivoyati. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 53 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar