Ustidagi pulni olish

Assalomu alaykum! Men do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlayman. Bizda bir tovarning ustiga ancha (70-75%) pul qo‘yiladi. 10.000 so‘mlik tovarni 17.000 dan sotamiz. Agarda shu tovarni 20.000 yoki 19.000ga sotsam xo‘jayinga 17.000 ni berib 2000 ni o‘zimga olsam bo‘ladimi? Xo‘jayindan so‘ramasdan
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Agar sotgan bo‘lsangiz pul sizga halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar