ahdlashuv haqida

hurmatli shayh hazratlari! sizga savolim quyidagicha! men do‘stim b-n kelishib 1 ishni boshladim, meni vazifam ishni yuritish, do‘stimniki pul tikishdan iborat bo‘ldi. ish boshlashdan avval biz o‘zaro kelishib oldik yani ahdlashdik. ahdlashuv foyda va zarar haqida bo‘ldi. shunda men foyda va zararda 20% da o‘tiradigan bo‘ldim, do‘stim esa pul tikish bo‘yicha o‘ziga yana 1 kishini sherik qildi va ular foyda va zararning 40% dan 80% foiziga o‘tiradigan bo‘lishdi. bunga meni hech qanaqa qarshiligim yo‘q. ularni vazifalari pul tikish meniki ishni yuritish do‘ldi. shu b-n ish boshlandi. ish yakuniga to‘la etmasdan ular o‘zaro kelishib pul tikishni to‘htatishdi va buyog‘iga o‘zing bir joydan amallab pul topib ishni yakuniga etqazib bizlarni pullarimizni qaytar deb aytishdi. ahdlashuv nima bo‘ladi deb aytdim albatta, ammo ular bizga bu ishing maqqul bo‘lmadi deb aytishdi. lekin ular dinga befarq bo‘lmagan yigitlar. men esa ahdlashuv jarayonida har-bir gapirgan so‘zimga juda ehtiyot bo‘lib keyin gapirganman ALLOH shohid. misol tariqasida shunday deyishim mumkin: agar men bir uy qurib berishim kerak bo‘lsa, ular shu uyni qurib bitirish uchun pul tikishi kerak. endi shu uy hali to‘liq bitmasdan ular, bizga bu uy yoqmadi qolganiga o‘zing pul topib uyni bitirib pullarimizni qaytar deyishdi. men ahdlashuv jarayonida ularga UY quraman deganman,shu b-n ular o‘zaro kelishib rozi bo‘lishib pul tikishni boshlashgan, endi ular biz senga YAXSHI uy qurish uchun pul bergandik sen yaxshi uy qurmading degan gapni aytishyapti. vaholangki ahdlashuvda gap UY haqda ketgan ALLOH guvoh. agar men shu uyni noto‘g‘ri qurganimda yoki meni hatoyim sabablik uy buzilib ketganda men tushunaman ayb menda bo‘lardi va men hamma harajatlarni qoplashim kerak bo‘lardi. hammaga ma’lumki dunyoda turli hilda qurilgan uylar ko‘p, shu uylarni ayrimlari bir-hil odamlarga yoqsa bir-hil odamlarga yoqmasligi mumkin bu tabiiy hol albatta huddi shunga o‘xshab men qurgan uy ham bir-hil odamlarga yoqmasa bir-hil odamlarga yoqishi ehtimoldan holi emas deb o‘ylayman. yana bir narsa :!: bu uyni biz birovga sotish uchun emas balki odamlarga ma’lum bir vaqt ichida bo‘lishlari uchun qurish niyatida bo‘lganmiz. bu uy ularni yani sheriklarim yashashlari uchun ham emas! uy qurishdan maqsad foyda qilish bo‘lgan. endi UY ga kelsak el qatori uy butun muhimi to‘gri qurilgan! sheriklarim b-n ahdlashuv vaqtida ular tomonidan qurilishi kerak bo‘lgan uyni ichida nimalar bo‘lishi, nechta honasi bo‘lishi, erto‘lasi vahokazolar haqda hech qanday so‘z yuritilmagan! ular b-n UY qurish haqda kelishganmiz! chala qurilgan uy sheriklarimga yoqmadi, ular biz senga YAXSHI UY uchun pul bergan edik shuning uchun biz boshqa pul bermaymiz o‘zing nima qilsang qil pullarimizni qaytar deyishyapti. hullas bugungi kunga kelib ular YAXSHI degan so‘zni qo‘shib olishdi. menga o‘sha paytda shu qoshimchani etishganda men ham YAXSHI UY YAXSHI PUL turishini aytgan bo‘lardim, qanday bo‘lishi haqida so‘ragan bo‘lardim va hokazo... hullas ular zarar qilib qo‘yishlikdan qo‘rqishyapti va nima qilib bo‘lsa ham hato topib mani aybdor qilish niyatidalar. men esa avval ishni ohiriga etkazaylik, men o‘z vazifamni to‘liq nihoyasiga etkazay, ana shunda zarar bo‘lsa men o‘zimga tegishlik qismini albatta to‘layman dedim. ular bu ish o‘xshamaydi deb misoli g‘aybni oldindan biladigan kishilar kabi (ALLOH asrasin) yo‘l tutishyapti va meni o‘z vazifamni to‘laligicha nihoyasiga etkazishimga imkon qoldirishmayapti.misolim tugadi. shu va shu kabi chalkashliklarda faqat sizdan to‘g‘ri ta’lim olish mumkin deb bildim. ALLOH umringiz va ilmingizga hamda rizqingizga baraka bersin!muhlisingiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz boshingizga mushkil tushgan shariat ta’limoti esingizga kelganini yaxshi anglab oling. Aslida esa, ish boshlashda bu ta’limotni eslashingiz kerak edi. O‘shanda ish yaxshi bo‘lar edi. Sheriklaringiz bilan o‘tirib shariatning bu kabi ishlardagi ta’limoti asosida yozma shartnoma tuzar edingiz. Ishingiz to‘la halol pok ekaniga ishonch bilan ish boshlar edingiz. Ishnigizda baraka bo‘lar edi. hozirgi holatga tushib qolganingizda ham mazkur shartnoma asosida da’vo qilar edingiz.Avvalo shartnomani noto‘g‘ri tuzgansizlar. Qolaversa, uni hal qilishni ham noto‘g‘i qilmoqdasiz. Bunday janjalli masala ikki nizolashuvchi tarafning ishtirokida jonli majlisda hal qilinadi. Bir tarafning gapi bilan hech kim bu masalaning echimini topishga urinish haqqiga ham ega emas. Siz sheriklaringiz bilan birga ilmli kishining oldiga borib, hal qilishingiz kerak.

3 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 170 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar