Farzand tarbiyasida 3 bosqich

Assalomu alaykum Shayx hazratlari. Ijozatingiz bilan farzand tarbiyasiga oid savol bersam. Bir jamoada o‘tirganimizda bir imom domla farzand tarbiyasi haqida ma‘ruza qilib bu jarayonni 3 bosqichga bo‘lgan edilar. Ya‘ni 1-bosqichda farzandingizga podshodek, 2-bosqichda dushmandek(albatda majoziy ma‘noda), 3-bosqichda do‘stdek munosabatda bo‘linadi degandilar. Agar bu ish sharian to‘g‘ri bo‘lsa qiz bola va o‘g‘il bola farzandlarda bu bosqichlar orasi necha yoshlarga to‘g‘ri keladi yani necha yoshdan necha yoshgacha 1-bosqich, necha yoshdan necha yoshgacha 2-bosqich va 3-bosqich. Shunga oydinlik kiritib bersangiz.Alloh dinimiz va xalqimiz uchun qilayotgan barcha amallaringiz ajrini ziyoda qilsin. Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Men bu gapni aytganim yo‘q. Shuning uchun javobini o‘sha aytgan domladan so‘rashni tavsiya qilaman.

4 May 2022, 05:31 | Savol-javoblar | 176 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar