Qur’on to‘la va farqsiz ekani haqida

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari, Yaqinda o‘qib qoldimki, Ibnul Qoyyumning rohimahulloh "Ig‘osatul lahfon" nomli asarida (2/102betida) yozilishicha, Ubay ibn Ka’b r.a. ning qiroatlarida Baqara surasining 213-oyati "va ma kaana nnaasu illa vaahidatan" deb "illa" qo‘shilib o‘qilar ekan. Bu degani Qur‘onning ham nusxalari bor deganimi? Biz Qur‘onning biror xarfida shubha yo‘q deb o‘rgangan edik... Javobingiz uchun oldindan rahmat. Allohdan ilmim va amalimni ziyoda qilishini so‘rab duo qilishingizni qattiq iltimos qilaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sohabai kiromlarning shaxsiy mushaflari bo‘lgan. O‘sha mushaflarda ularning o‘zlarining shaxsiy belgilari va eslab turishga qo‘yilgan ishoralari bo‘lgan. Ular yolg‘iz kishilarning shaxsiy ishlari ommaviy qiroat emas.

3 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 156 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar