Namozda shimning poychasi
Assalomu alaykum! Ko‘pchilik namozga turganda shimini pastini shimarib to‘piqlarini ochib qo‘yadi. Nimaga deb so‘rasam- «shim to‘piqni bostirib, yopib turgan holda o‘qilgan namozda savob yo‘q va to‘piqni ustida tursa bu «kibr» deyishyabdi. Bu haqida hadislar bormi? Javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! KALTA IShTON KIYISh MASALASI Ko‘pchilik orasida ba’zi ixtilofchi guruhlarni «kalta ishtonlar» deb atash ham odat bo‘lgan. Bu o‘sha guruhga mansub kishilarning ushbu ishga alohida e’tibor berib, ko‘pchilik bilan u haqda tortishganlari, kiyinishda o‘zlariga o‘xshamaganlarni qattiq ayblab, turli fatvo va hukmlar chiqarganlaridan kelib chiqqan odat bo‘lsa kerak. Hozirda odamlar orasida uncha ko‘p gapirilmayotgan bo‘lsa ham, baribir bu gap borligi, unga kishilar yana to‘qnash kelishlari mumkinligi e’tiboridan, ushbu masalada ulamolarning qarashlarini bayon qilib qo‘yishni ma’qul topdik. Bu masalada ixtilof chiqaradiganlar ushbu mavzuda kelgan hadisi shariflarga bir yoqlama qarashlari asosida ish tutganlari uchun tushunmovchilik kelib chiqqanligini ko‘pchilik ulamolar ta’kidlaydilar. Bu gapni hadisi shariflardan misollar keltirish yo‘li bilan bayon qilsak, tushunarli bo‘lar, degan umiddamiz. وَقَالَ عَبْدُ الرَّحْمَنِ رَضِي اللهُ عَنْهُ: سَأَلْتُ أَبَا سَعِيدٍ عَنِ الْإِزَارِ، فَقَالَ: عَلَى الْخَبِيرِ سَقَطْتَ، قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «إِزْرَةُ الْمُسْلِمِ إِلَى نِصْفِ السَّاقِ، وَلَا حَرَجَ -أَوْ لَا جُنَاحَ - فِيمَا بَيْنَهُ وَبَيْنَ الْكَعْبَيْنِ، مَا كَانَ أَسْفَلَ مِنَ الْكَعْبَيْنِ، فَهُوَ فِي النَّارِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْبُخَارِيُّ وَالنَّسَائِيُّ Abdurrahmon roziyallohu anhu aytdi: «Abu Sa’iddan izor haqida so‘radim. Shunda u: «Xabardorini topding. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, «Musulmonning izor tutishi ikki boldirgachadir. Undan ikki to‘piqqacha tanglik – yoki gunoh – yo‘q. Ikki to‘piqdan pastga tushgan narsa do‘zaxdadir». Abu Dovud, Buxoriy va Nasaiy rivoyat qilishgan. Yangi zohiriylar ushbu va shunga o‘xshash ma’nodagi hadislarning zohiriy ma’nosini mahkam ushlab olib, shalvor yoki shimining poychasi to‘pig‘idan pastga tushgan har bir odamning do‘zaxga tushishi haqida fatvo chiqarishdan tolmaydilar. Ular o‘zlarining bu ishlarida biror masalada hukm chiqarishdan oldin bir mavzudagi hadislarni jamlab, solishtirib ko‘rish qoidasiga amal qilmaganlari uchun shunday xulosaga kelishgan. Aslida esa agar biror hadis ma’nosini yaxshi tushuna olmay qolsak yoki baror g‘ayrioddiy holatni ko‘rsak, darhol shu mavzudagi boshqa hadislarni o‘rganib chiqishimiz lozim bo‘ladi. Ana o‘shanda umumiy solishtirish yo‘li bilan mazkur hadisni to‘g‘ri tushunish imkoniga ega bo‘lamiz. Yangi zohiriylarning «poychasi to‘pig‘idan pastga tushgan odam do‘zaxiy bo‘lishi» haqidagi gapidan xabardor bo‘lganlar «Nahotki, iymonda, Islomda, ibodatda, taqvoda yurgan odam ham birgina poychasi to‘pig‘idan pastga tushgani uchun do‘zaxiy bo‘lsa», degan gapni xayoliga keltirishi turgan gap. Ammo Ahli sunna val jamoa aqiydaviy mazhabidagi mo‘’taraf fiqhiy mazhablarga ergashgan musulmonlar ommasining faqihlari bu masalaga eski va yangi zohiriylardan farqli qaraganlar. Ular bu masalani ham, boshqa masalalar kabi, biror masalada hukm chiqarishdan oldin bir mavzudagi hadislarni jamlab, solishtirib ko‘rish qoidasiga amal qilgan hollarida hamda Alloh taoloning oxirgi va mukammal dini, qiyomatgacha boqiy qoluvchi, barcha zamonlar va makonlarda insoniyatga ikki dunyo saodati yo‘lini ko‘rsatib beruvchi dini bo‘lmish Islomning umumiy maqsadlari, hikmatlari va qoidalari asosida hal qilganlar. Ular avvalo kiyinish borasida Islomning umumiy ta’limotlariga nazar tashlaganlar va bu haqda quyidagi ikki rivoyat va ularga o‘xshagan bir qancha matnlarni topganlar. عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «كُلُوا، وَاشْرَبُوا، وَالْبَسُوا، وَتَصَدَّقُوا فِي غَيْرِ إِسْرَافٍ وَلَا مَخِيلَةٍ». رَوَاهُ النَّسَائِيُّ Amr ibn Shua’ybdan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Englar, ichinglar, kiyinglar va sadaqa qilinglar, isrof va mutakabbirlik bo‘lmasa bas», dedilar». Nasoiy rivoyat qilgan. Ushbu hadisi sharif inson hayotida har kuni, har doim takrorlanib turadigan holatlardagi umumiy islomiy qoidani bayon qilmoqda. Kimlardir eb-ichish, kiyish va sadaqa ishlarida tarki dunyo yo‘lini tutib, imkoni bor narsani qilmasdan, o‘zini o‘zi qiynaydi. Albatta, hozir bu toifadagilar oz. Kimdir hayotni eb-ichish, kiyinishu o‘yin-kulgidan iborat deb tushunadi. Butun imkoniyatlarini mazkur narsalarga sarflaydi. Eb-ichishda ham, kiyinishda ham, sadaqa qilishda ham doimiy va chegarasiz ravishda isrofga yo‘l qo‘yadi. Eng yomoni, bu masalada dunyoqarashlari noto‘g‘ri bo‘lganidan, eydigan taomlari, ichadigan ichimliklari, kiyadigan kiyimlari va qiladigan sadaqalari ila manmanlik, mutakabbirlik qiladilar. Hozirda xuddi shu toifa ko‘pchilikni tashkil etadi. وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: كُلْ مَا شِئْتَ، وَالْبَسْ مَا شِئْتَ، مَا أَخْطَأَتْكَ اثْنَتَانِ سَرَفٌ أَوْ مَخِيلَةٌ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Modomiki senda ikki narsa: isrof va manmanlik bo‘lmasa, xohlaganingni e, xohlaganingni kiy». Buxoriy rivoyat qilgan. Mashhur sahobiy Abdulloh ibn Abbosning bu hikmatli gaplari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ta’limotlarini u zotdan eshitgan kishining o‘z iboralari bilan aytishi desak, xato bo‘lmas. Yana shuni ta’kidlashimiz lozimki, ushbu rivoyatlarda Alloh taolo halol qilgan, halol-pok yo‘l bilan topilgan ne’matlar haqida so‘z ketmoqda. Imom Buxoriy rivoyat qilgan ushbu ikki rivoyatda Islomdagi kiyinish qoidalari isrof va manmanlikdan chetlanish asosida ekanini tushunib oldik. Buni kiyimi ila manmanlik qilib yurganlarni qoralovchi hadislar ham ta’kidlaydi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «بَيْنَمَا رَجُلٌ يَمْشِي، قَدْ أَعْجَبَتْهُ جُمَّتُهُ وَبُرْدَاهُ، إِذْ خُسِفَ بِهِ الْأَرْضُ، فَهُوَ يَتَجَلْجَلُ فِي الْأَرْضِ، حَتَّى تَقُومَ السَّاعَةُ». رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi o‘zining soch shokilasiga va kiyimiga mahliyo bo‘lib yurib borayotganida, birdan uni er yutib yubordi. Endi u qiyomat qoim bo‘lguncha erga botib boraveradi», dedilar». Ikki shayx rivoyat qilishgan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘tgan ummatlardan bir kishi o‘zining chiroyiga, kiyimiga zeb berib, mutakabbirlik qilgani qanday oqibat bilan tugaganini ajoyib vasf qilib, siz bilan biz musulmonlarni o‘sha shaxsga o‘xshashdan qaytarmoqdalar. Mazkur badbaxtlikka giriftor bo‘lgan odam sochini havas bilan o‘stirgan ekan. Uning sochi elkasiga tushib turar ekan. Kiyimni ham boshqalarga ko‘z-ko‘z qilish uchun tanlab kiygan ekan. Bir kuni «…o‘zining soch shokilasiga va kiyimiga mahliyo bo‘lib yurib borayotganda, birdan uni er yutib yubordi». Bunga o‘xshash nobakorlarni, arzimagan narsa ila o‘zini o‘zgalardan ustin qo‘yadiganlarni, kiyimi ila manmanlik va mutakabbirlik qiladiganlarni er ham o‘z ustida olib turmay, yutib yuborishga tayyor ekan. Ammo er uni yutishi bilan ish bitib qolmaydi. Balki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisda aytganlaridek: «Endi u qiyomat qoim bo‘lguncha erga botib boraveradi». Ya’ni u qiyomatgacha er yutish azobini chekib, qiynalib turadi. Qiyomat kuni esa uning abadiy holi qanday bo‘lishini Alloh taoloning O‘zi belgilaydi. Kim ana shunday holga uchramay desa, zinhor-bazinhor kiyimi bilan manmanlik qilmasin. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «الْإِسْبَالُ فِي الْإِزَارِ وَالْقَمِيصِ وَالْعِمَامَةِ، مَنْ جَرَّ مِنْهَا شَيْئًا خُيَلَاءَ، لَمْ يَنْظُرِ اللهُ إِلَيْهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Osiltirish izorda, ko‘ylakda va salladadir. Kim o‘sha narsalardan birortasini manmanlik ila osiltirib yursa, Alloh qiyomat kuni unga nazar solmas», dedilar». Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan. Biz «osiltirish» deb tarjima qilgan ibora arab tilida «isbol» deyiladi va kiyim-boshga tegishli gaplarda kibr va maqtanchoqlik uchun mazkur kiyimlarni keragidan ortiq uzaytirib olishni anglatadi. «Izor» kishining belidan pastiga tutiladigan lungisifat kiyimdir. Insonning belidan pastini to‘sish uchun kiyiladigan boshqa nomdagi liboslar ham shu ma’noga qo‘shiladi. «Ko‘ylak» arabchada «qomiys» deyilib, o‘zlarining odatlaridagi ko‘ylakni anglatsa-da, shunga o‘xshash boshqa kiyimlarni ham o‘z ichiga oladi. Ko‘ylakni osiltirishga uning engini keragidan ortiq ravishda manmanlik uchun uzaytirib olish ham kiradi. «Salla» – ma’lum va mashhur bosh kiyimi. Uni shariatga nomuvofiq osiltirish bir uchini kibr ila haddan tashqari uzun tashlab yurishdir. Ko‘rinib turibdiki, kiyimni osiltirib yurish faqat shalvor yoki shimga emas, boshqa kiyimlarga ham oid ekan. Hammasida ham osiltirish kibru havo, mutakabbirlik ila bo‘lishi qoralangan ekan. Endi o‘z-o‘zidan, kiyimni osiltirib yurish kibr va manmanlik uchun bo‘lmasa-chi, degan savol paydo bo‘ladi. Xuddi shu savol sahobai kiromlarda ham bo‘lgan. Quyida ana shu savolni va uning javobini o‘zida jamlagan hadisi sharifni o‘rganamiz. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «مَنْ جَرَّ ثَوْبَهُ خُيَلَاءَ، لَمْ يَنْظُرِ اللهُ إِلَيْهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ»، قَالَ أَبُو بَكْرٍ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ أَحَدَ شِقَّيْ إِزَارِي يَسْتَرْخِي إِلَّا أَنْ أَتَعَاهَدَ ذَلِكَ مِنْهُ، فَقَالَ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «لَسْتَ مِمَّنْ يَصْنَعُهُ خُيَلَاءَ». رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim manmanlik ila kiyimini sudrab yursa, qiyomat kuni Alloh unga nazar solmas», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, albatta, izorimning bir tarafini ushlab yurmasam, u tushib qoladi?» dedi Abu Bakr. «Sen manmanlik bilan qiladiganlardan emassan», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Qadimda ham, hozirda ham ba’zi odamlar manmanlik, gerdayish, mutakabbirlik va atrofdagi boshqa kishilarni kamsitish uchun turli yo‘llarni qo‘llab kelishgan va kelmoqdalar. Ana shu noma’qul yo‘llardan biri kiyim-bosh ila manmanlik qilishdir. Islom manmanlik va mutakabbirlikning barcha turlarini harom qilgani hammaga ma’lum. Ana o‘shalar qatorida Allohning oxirgi va mukammal dini Islom kiyim-kechak ila manmanlik qilish, gerdayishni ham harom qilgandir. Harom qilganda ham, qattiq ohangda harom qilganligini ushbu hadisi sharifdan bilmoqdamiz. «Kim manmanlik ila kiyimini sudrab yursa, qiyomat kuni Alloh unga nazar solmas». O‘sha paytda Arabiston sharoitida kiyim bilan mutakabbirlik qilish kiyimni keragidan uzun qilib olib, boshqalarni pisand qilmasdan, uzun kiyimni erga sudrab yurish bilan ifoda qilinar edi. Bu hadisi sharifda «kim o‘sha ishni qilsa, Alloh taolo qiyomat kuni unga qaramasligi, unday nobakor banda o‘z Robbining nazaridan qolishi» haqida so‘z yuritilmoqda. Qiyomat kuni bunday holga duchor bo‘lishi banda uchun cheksiz musibatdir. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ushbu gapni eshitishi bilan, hassos inson Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu darhol larzaga tushdilar. «Ey Allohning Rasuli, albatta, izorimning bir tarafini ushlab yurmasam, u tushib qoladi?» dedi Abu Bakr». «Izor» tikilmaydigan, kindikdan pastiga tutib olinadigan kiyim ekanini yuqorida aytib o‘tgan edik. Abu Bakr roziyallohu anhuning izorlari qo‘l bilan ushlab yurilmasa, bir tarafi erga tushib qoladigan ekan. Shu holat ham qiyomat kuni mazkur baxtsizlikka sabab bo‘ladimi, degan savol berishlaridan u kishining o‘zlari haqlarida qayg‘urayotganlari ko‘rinib turibdi. Haqiqatan ham, shunday bo‘lishi mumkinmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu savolga quyidagi javobni berdilar: «Sen manmanlik bilan qiladiganlardan emassan», dedilar». Demak, asosiy illat manmanlikda ekan. Ayniqsa Abu Bakr roziyallohu anhuga o‘xshash etuk insonlardan manmanlik sodir bo‘lishi ehtimoldan uzoq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning guvohliklarining o‘zi etarli. Musulmon inson manmanlik, mutakabbirlikning har qanday ko‘rinishlaridan doimo uzoqda bo‘lishi kerak. Jumladan, hozir so‘z yuritilayotgan kiyim-bosh bilan kekkayishga aslo yo‘l qo‘ymasligi kerak. Buning ehtiyot chorasi o‘laroq, manmanlikka olib boradigan kiyimlarga yaqinlashishdan ham saqlanish lozim bo‘ladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu masalaning bir joyigina ixtiloflarga sabab bo‘ladi. Kiyimni manmanlik ila osiltirib yurish harom ekanligida hech kim xilof qilmaydi. Xilof izor va uning o‘rnini bosadigan shim, shalvor kabi kiyimlar manmanliksiz to‘piqqa tushirib yurilsa nima bo‘ladi, degan savolning javobidadir. Bu savolning javobiga yangi va eski zohiriylar qattiq gaplarni aytadilar. Ulardan boshqalar esa Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning hadislarini dalil qilib, «Manmanlik uchun bo‘lmasa, uncha qattiq gapga o‘rin yo‘q», deyishadi. Imom San’oniy o‘zlarining «Subulis-salom» nomli kitoblarida «Izorni manmanliksiz to‘piqdan pastga tushirib yurishni Navaviy va boshqalar «makruh» deyishgan» degan gapni keltirganlar. Nima bo‘lganda ham, ushbu masala ixtiloflarga sabab bo‘lmasligi lozim. Shariatning kiyim borasidagi talabi – avratni to‘sadigan va manmanlikdan, kibru havodan xoli holda kiyinishdir. Demak, kimdir ko‘pchilikka nisbatan kaltaroq kiyinadimi yoki sal uzunroqmi, agar u kibru havodan xoli bo‘lsa, hech qanday gapga hojat yo‘q. Ammo shu o‘rinda aytib o‘tish shart bo‘lgan ba’zi gaplar bor: masjidga, namozga qanday kiyimda hozir bo‘lish masalasi. Bu masalada tafsilotlarga ortiqcha to‘xtalib o‘tirmasdan, faqat nihoiy fikrlarimizni bayon qilish bilan cheklanamiz. Avvalo, namoz uchun o‘zida bor bo‘lgan eng yaxshi kiyimlarni kiyish marg‘ubdir. Ikkinchidan, kiyim namozni xushu’ va xuzu’ bilan o‘qish uchun halaqit bermaydigan darajada bo‘lishi kerak. Ya’ni u nihoyatda tor yoki nihoyatda keng, haddan tashqari uzun yoki juda kalta bo‘lmasligi lozim. Shunday qulay kiyinish kerakki, har gal ruku’ va sajda qilayotganda kiyimni to‘g‘rilab olishga hojat qolmasin. Uchinchidan va eng muhimi, shunday kiyinish lozimki, ruku’ va sajda qilayotganda avrat joylar (masalan, bel, kindik atrofi) ochilib qolmasin. Aks holda o‘zining ham namozi buzilishi va yon atrofida namoz o‘qiyotganlarning ham namozlari noqis bo‘lishiga sabab bo‘lib qolishi mumkin. (“Ixtiloflar, sabablar, echimlar” kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 22:40 | Savol-javoblar | 230 | Ibodatlar