Ayol xizmat qilishga majburmi?
Assalamu alaykum! Ayol kishining zimmasiga, erining, qayna-qaynotasining hamda erining boshqa qarindoshlari(aka-uka, opa-singil) xizmatlarida turishlik vojib etilganmi? Biz bu ishni buyurilmagan deb bilardiq biroq bir tanishim “buyurilgan” deb turib oldilar, yana biri “aslo unday emas” dedilar. Ayting-chi, aslida buning hukmi qanday? Agar ayol qilmayman deb bosh tortsa gunohkor bo‘lmaydimi? Bilamizki arab ayollari ham bunday xizmatlarga buyurilmaydi. Buni hayotimizda qo‘llab, fitna chiqarish uchun emas (ya’ni o‘zbeklarda bunday xolatga umumman ko‘nikma yo‘q) balki haqiqat yuzasidan, aslida ayollarning Islomda hurmat darajalarini bilishlik uchun so‘radik. Iltimos, bizga batafsil tushuncha beringlar. Bu biz uchun judda muhim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kelin ham qaynona va qaynotalar ham ikki tomonga tortmay ikkisi ham bir birlari tomonga yursin. Qaynona qaynotalar kelinni xizmatkor darajasida ko‘rishlari noto‘g‘ri. Qaynisingil va qayni ukalar bu borada zarracha haqqlari yo‘q. Kelin esa ularning xizmatidan butkul bosh tortishi bu ham noto‘g‘ri. Qaynona qaynotalar kelinning xizmatlarini ehson deb qabul qilishlari kelin esa ularga xizmat qilishni sharaf, barakot va baxtu saodatga sabab deb bilishi kerak. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 00:54 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush