Topadiganim xarommi

Assalomu alaykum! 1. Men otkan yil o‘qishlar online bo‘lgan vaqtda ozimdan past kurslarga imtihon (sessiya) ishlab bergandim pul evaziga(keyinchalik xarom pullar ekanligini bildim) va biroz pul to‘plab eski kompyuterim sotib qo‘shib yangi kompyuter oldim(katta qismi eski komp.imni narxi). Men dasturlash bilan shug‘ullanyapman kelajakda shu sohada ishlamoqchiman shu sabab kelajakda ushbu komp.im orqali topadigan pulimga xarom aralashib qoladimi? 2. Agar aralashsa bu puldan qanday qutulishim mumkin? 3. Men masjidga muntazam chiqib turaman. Ikki marta maruzalarda shu gapni eshittim ruku va sajdada aytiladigan tasbehlarni 3tadan ko‘p aytilsa savobi ko‘proq bo‘ladi va sonini toq qilib aytish kerak dedilar bir domla lekin bazida imom takbir aytganda tasbeh sonini juft marta aytib qo‘yaman shu joizmi yo toq aytgan afzalmi? 4. Muqtadiy 2-3-4-rakatlarda ham basmala aytmaydimi? 5. Safda turganda ko‘pincha odamlarni orasi ochiq qoladi yani elkasi elkaga tegmay qoladi nima deyishni bilmay o‘qiyveraman. Buning zarari yo‘qmi yo yonidagilarga aytib jipslashish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2). Haromdan topilgan pullarning miqdorini hisoblab, savob umid qilmay sadaqa qilib yuboring.3). Toq aytgan afzal.4). Aytmaydi.5). Bitta odam sig‘maydigan bo‘lishi kerak. Agar bir odam bemalol sig‘adigan darajada ochiq joy qolsa makruh bo‘ladi. Safda elkaga elka yopishib turadigan darajada turish kerak. Biqinlar yopishib turadigan bo‘lmaslik kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:43 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar